Unutma o'lim haq, Qiyomat haqdir - Islomiy nashida, uzbek

By : Muvahhid Bek

Published On: 2009-08-21

9 Views

04:13

Islamic nasheed in Uzbek. "Unutma o'lim haq, Qiyomat haqdir" Birodar Muhammad Xorazmiy ijrosida. Musiqasiz Islomiy nashida qo'shiq. Qo'shiq matni: Dunyo lazzatlari aldab qo'ymasin, Bu mal'un dunyo deb dining kuymasin, Qalbing gunohlarni aslo suymasin, Unutma o'lim haq, Qiyomat haqdir. Hech kimsa dunyoning ustuni bo'lmas, Iymonda o'tganlar qayg'uni bilmas, Haqning qiyomatdek hech kuni bo'lmas, Unutma o'lim haq, Qiyomat haqdir. Ogoh bo'l - aldanma nafs-u shaytonga, Bu dunyo sinovdir har bir insonga, Bir marta kelgaysan bu imtihonga, Unutma o'lim haq, Qiyomat haqdir. Senga tuhmat, bo'hton qilingan vaqtda, Susaymagin aslo - sobit tur ahdda, Tog'utlar abadiy qolmagay taxtda, Unutma o'lim haq, Qiyomat haqdir. Haq yo'lda ozorlar yetgay bu sunnat, Sabrni o'zingga aylagin ziynat, Taqvodorlar uchun oqibat - Jannat, Unutma o'lim haq, Qiyomat haqdir. Chiroyli va solih amallar qilgin, Haq yo'lda bir go'zal namuna bo'lgin, O'lsang ham chin mo'min holingda o'lgin, Unutma o'lim haq, Qiyomat haqdir. Unutma o'lim haq, Qiyomat haqdir. Unutma o'lim haq, Qiyomat haqdir.

Trending Videos - 28 May, 2024

RELATED VIDEOS

Recent Search - May 28, 2024